OLIMALIK BAXTI SOHIBASI
Аннотация
Muhabbat opani ikkimiz ham fan doktori bo‘lish orzusida kuyib-pishib yurgan paytimizda to‘qsoninchi yillar oxirlarida taniganman. Ustozimiz Hamid G‘ulomovich Ne’matov tanishtirganlar. Birinchi taassurotim juda yorqin bo‘lgan: Muhabbat opa go‘zal, mulohazali, shirin so‘z ayol edi. Keyinchalik qadrdonlashib uylarida ko‘p bor mehmon bo‘lganman. Turmush o‘rtoqlari Raim aka bilan munosabatlariga – o‘zaro hurmatlari, muhabbatlariga havas qilganman. Uch o‘g‘ilning onasi, farzandlarining barchasi chiroyli, aqlli, ilmli yigitlar bo‘lishdi. Qator nabiralarning buvijonisi bo‘ldilar. Olloh bir ayolga berishi mumkin bo‘lgan baxt barchasi Muhabbat opada mujassam. Albatta, bularning barchasi mehnat, sabr, ishtiyoq natijasi. Suyanchiqlari Raim akadan ayriliqni ham munosib kechirib kelmoqda. Katta oilasiga bosh bo‘lib, hammaga orzu bo‘ladigan turmush tarzini saqlab kelmoqda. Muhabbat opaning shaxsiy fazilatlari haqida ko‘p gapirish mumkin. Shuningdek, olima sifatida ham har qancha ta’riflasak kam.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Конференции НУУз

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-ShareAlike» («Атрибуция — Некоммерческое использование — На тех же условиях») 4.0 Всемирная.
